Ilon Mask yana eng boy odamga aylandi
Amerikalik milliarder Ilon Mask dunyoning eng boy odami deb topildi. Uning boyligi hozirda $348 milliardni tashkil etadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
2021-yilda oʻz rekordini oʻrnatgan Mask bu safar ham eng boy odam boʻlib qoldi. Oʻsha paytda Bloomberg agentligi uning boyligini $340,4 mlrd deb baholagan edi.
Maskning ortidan Bloomberg reytingida Amazon asoschisi Jeff Bezos va Oracle’ning sobiq rahbari Larri Ellison joy oldi. Ularning boyligi mos ravishda $219 mlrd va $206 mlrdga baholangan.
Ta’kidlash joizki, Mask o‘tgan prezidentlik saylovlarida Donald Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlagan AQShdagi bir nechta yirik milliarderlardan biridir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti rahbarlaridan biriga aylangani haqida yozgan edi.