O‘zbekiston banklari Rossiyaning «Gazprombank»i tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Bankomatdan naqd pul olishga uringanda, texnik xatolik haqida xabar paydo boʻlmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish mamlakat tashabbusi emasligini ma’lum qildi.
Qozogʻiston, Vengriya, Vyetnam va boshqa mamlakatlardan ham shunday xizmat koʻrsatishda muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21-noyabr kuni AQSH Moliya vazirligi Gazprombankni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Bir kun o‘tgach Rossiya banki UnionPay kartalarini chiqarishi haqidagi ma’lumotni veb-saytidan olib tashladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston banklarida $4,6 mln muzlatilganini yozgan edi.