Prezident farmoniga ko‘ra, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U bungacha mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari va Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avval bu lavozimda Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmatiga (DXX) rahbar bo‘lib tayinlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlangani haqida yozgan edi.