Toshkent shahar IIBBning bo‘lim boshliqlari isteʼfoga chiqarildi
eʼlon qilindi
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan
Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi, podpolkovnik Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi polkovnik Axrorjon Atxamov ham ishdan bo‘shatildi.
Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Doniyor Tashxodjayev lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shuhrat Xolmuhamedov Mudofaa vaziri bo‘lgani haqida yozgan edi.