O‘zbekistonlik boʻlgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonov Bloomberg agentligining eng boy 500 kishi roʻyxatida 174-oʻrinni egalladi.
24 noyabr holatiga ko‘ra, tadbirkorning boyligi $13,8 mlrd.ga baholangan. Joriy yilning 11 oyida u $7,29 milliardga qisqardi.
Amerikaning Forbes nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, 24-noyabr holatiga Usmonovning kapitali $14,2 milliardni tashkil etgan. Nashrning qayd etishicha, rossiyalik milliarder 2022-yildan buyon O‘zbekistonda istiqomat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Bloomberg reytingida $348 milliardlik boyligi bilan Tesla bosh direktori Ilon Mask yetakchilik qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Germaniya prokuraturasi Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatgani haqida yozgan edi.