Yangihayot tumanida umumiy qiymati $1,37 milliardlik 47 ta loyiha amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
CAMC Engineering kompaniyasi zonani boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish bilan shugʻullanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtning Yangihayot tumanida 764 gektar maydonda «Yangi avlod» sanoat zonasi tashkil etilib, unda jami qiymati $1,37 mlrd boʻlgan 47 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev aytishicha, ushbu loyihalarni amalga oshirishda DP World, JAC Motors, Acec Japan kabi yetakchi xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ishlab chiqarish yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi.

Masalan, Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi zonani boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish bilan shugʻullanadi. JAC Motors tijoriy transport vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, 2 mingga yaqin ish oʻrnini yaratadi. Yaponiyaning Acec Japan kompaniyasi ofis jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etib, 100 ta ish oʻrnini yaratadi.

Bundan tashqari, zona hududida laboratoriyalar, tadqiqotlar markazi va savdo obyektlari quriladi. Shuningdek, mutaxassislarni joyida tayyorlash maqsadida dual taʼlim tizimi joriy etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryo viloyatiga $2 milliardlik investitsiya yo‘naltirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek