Yangiliklar

Chinozda yangi turizm va logistika markazi ishga tushirildi

Markazda restoran, xostel, hammom, avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchalari mavjud
Foto: Toshkent viloyati matbuot xizmati

Chinoz tumanida qiymati 18 mlrd so‘mlik zamonaviy gastronomik, turistik va logistik markaz foydalanishga topshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Majmua restoran, xostel, hammom, avtoturargoh va avtoyuvish shoxobchasini o‘z ichiga oladi.

Loyihaning ikkinchi bosqichi 2025-yil 1-yanvarga qadar yakunlanadi. Ushbu bosqichda 200 ta avtomobilga mo‘ljallangan keng avtoturargoh, katta yuk mashinalari va yengil mashinalar uchun avtoyuvish hamda texnik xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etiladi.

Markaz xalqaro yuk va yo‘lovchi transportlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, hududning turizm va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurafshonda malaka oshirish instituti qurilishi boshlangani haqida yozgan edi.