Endi onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

eʼlon qilindi
2025-yildan boshlab
Foto: Pexels.com

Prezident qaroriga binoan, ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim choralar belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 30 – 65 yoshdagi ayollar uchun elektron baza yaratiladi, ularni tibbiy koʻrikka chaqirish tizimi joriy qilinadi. Har yili 30 – 50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratonini aniqlash uchun zamonaviy tekshiruv usullari qoʻllaniladi.

2025-yildan boshlab, onkonazorat xonalari, mammografiya markazlari va virus diagnostikasi uchun laboratoriyalar faoliyati kengaytiriladi. Onkologik kasallikka chalingan bemorlarning davolanish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish jarimaga sabab boʻlishi haqida yozgan edik.

Shuningdek