Finlandiyada uchuvchilar ish tashlashi sabab 300 ga yaqin reys bekor qilinadi

eʼlon qilindi
9–13-dekabr kunlari reyslar bekor qilinadi
Foto: Ria Novosti

Finlyandiyada Finnair aviakompaniyasining uchuvchilari ish tashlagani sabab 9–13-dekabr kunlari 300 ga yaqin aviareyslar bekor qilinadi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Finlyandiya uchuvchilar ittifoqi (SLL) norozi bo‘lishi tufayli parvozlarni bekor qilishga majbur. Ish tashlash tufayli parvozlarning bekor qilinishi 33 mingga yaqin aviakompaniya mijozlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

O‘tgan yilning dekabr oyidan beri Finlyandiya turli sohalarda, xususan, bolalar bog‘chalaridan tortib sanoat ishlari kabi sohalarda ish tashlashlar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, kasaba uyushmalari, bosh vazir Petteri Orponing pensiyalar, kasallik ta’tillari va ishga joylashish nafaqalari, sug‘urta mukofotlari, ishdan bo‘shatishni soddalashtirish, ish tashlash muddatini qisqartirish va boshqa masalalarga doir kabinet islohotlariga norozi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia Farg‘ona va Samarqand o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek