Avto

Hyundai, Genesis va Kia brendlariga tegishli 240 mingdan ortiq avtomobil xavfsizlik muammolari tufayli qaytarildi

Bu haqda The Washington Post xabar berdi
Foto: Unsplash

Janubiy Koreyaning Hyundai, Genesis va Kia avtomobil ishlab chiqaruvchilari xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan muammolar tufayli 240 mingdan ortiq avtomobillarni qaytarib olishni e’lon qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomobillarda o‘tkazgich va quvvatlagich qurilmalari bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Brendlarga tegishli avtomobillar ikki bozorda – AQSh va Kanadadan qaytarilmoqda.

CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, konsernlar IONIQ 5 va IONIQ 6, Genesis GV60, Genesis GV70, Genesis G80 va EV6 elektrokar modellarini qaytaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet Cobalt mexanik uzatmali modeli sotuvdan olinmagani haqida xabar bergan edi.