Yangiliklar

Misr zargarlari o‘zbekistonlik hamkasblariga hunarmandchilik sirlarini o‘rgatadi

Ikki mamlakat rasmiylari bu masalani muhokama qildi
Foto: AleksTaurus / depositphotos

Misr zargarlik sanoati vakillari o‘zbekistonlik hamkasblarini zargarlik buyumlari dizayniga o‘rgatishga tayyor, dedi Misrning O‘zbekistondagi elchisi Tamer Hammad O‘zR investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan uchrashuvda. Bu haqda Egypt Today portali xabar berdi.

Shuningdek, tomonlar farmatsevtika, to‘qimachilik va charm sanoati, meva-sabzavot savdosi bo‘yicha salohiyatli loyihalarni muhokama qildi. Ushbu masalalarning barchasi Misr va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi qo‘mitaning yettinchi yig‘ilishida muhokama mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Malayziyaning Public Gold kompaniyasi O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.