Oilaviy zo‘ravonlik sabab deyarli 16 ming nafar shaxs javobgarlikka tortildi
Joriy yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan 15,4 ming nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Ushbu javobgarliklarning 9,2 ming nafariga jarima jazosı, 6,2 ming nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan 399 nafar shaxs sudlanib, ularning 126 nafari ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafari esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo, 18 nafari shaxs esa shartli hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun ishonch raqami yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.