2024-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonga biznes maqsadida 133,1 ming nafar xorijlik turist kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,6 baravar ko‘pdir, deya xabar berdi Statistika agentligi.
O‘zbekistonga eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari kelgan — 88 ming. Keyingi o‘rinlardan Tojikiston (34 ming kishi) va Afg‘oniston fuqarolari (2,6 ming kishi) joy oldi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 17,2 foizga oshgani haqida yozgan edi.