Yangiliklar

Yuk samolyoti Vilnyusdagi turarjoy binosiga quladi

Bir kishi vafot etgan
Foto: Delfi

DHL yuk samolyoti Vilnyusda turarjoy binosiga quladi. Hodisa Toshkent vaqti bilan soat 08:31 da sodir bo‘ldi. Bu haqda Delfi portali xabar berdi.

Samolyotda to‘rt nafar kishi, ulardan ikki nafari uchuvchi va ikki nafari DHL xodimi bo‘lgan. Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra samolyotning birinchi uchuvchisi halok bo‘lgan.

Boshqa ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yuborilgan, to‘rtinchi jabrlanuvchini uchun qidiruv ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, uydan 12 kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning fevral oyida AQShda samolyot ko‘chma uylar parkiga qulagani haqida xabar bergan edi.