26-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Toshkent viloyatining balandliklarida yomg‘ir va qor yog‘adi
Foto: Hydromet.uz

26-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysida tuman tushishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 18-20 daraja iliq, kechasi esa 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent viloyatining balandliklarida yomg‘ir va qor yog‘adi. Kunduzi havo 12 darajagacha isiydi, kechga kelib havo 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek