Bitkoin kursi $93 mingdan pasaydi hamda xaridorlar kutilmaganda bitkoin sotib olishga bo‘lgan qiziqishlarini kamaytirdi.
FalconX brokerlik kompaniyasi analitiklari o‘z fikrlarini likvidlikni o‘rganish asosida bildirgan, ya’ni ushbu jarayon turli savdo platformalarida bitkoinni sotib olish va sotish bo‘yicha talab va takliflar soni va miqdorini solishtirishni o‘z ichiga oladi.
«Bitkoin $100 mingga yaqinlashar ekan, likvidlikning og‘ishishi 2022-yildan beri uch marta kuzatilgan darajaga yaqinlashdi. Garchi bu o‘rta muddatli ralliga tahdid solmasa ham, biroq $100 minglik darajani yengish bo‘yicha kurashning qiyin bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi», – deb yozgan FalconX.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan so‘nggi kunlarda bitkoinning boshqa kriptovalyutalarga nisbatan dominatsiyasining pasayishi ham ta’kidlangan. Dominatsiya 21-noyabrda 60,1 foizdan 26-noyabrga kelib 57,4 foizgacha pasaygan.
Bitkoin narxi uchun hamma to‘sqinliklar orasida makroiqtisodiy ma’lumotlar ham mavjud. Shuningdek, bozorlar, foiz stavkasining pasayish tezligini sekinlashishi mumkinligini kutmoqda, bu haqda AQShning Federal zaxira tizimi rahbari Jerom Pauell ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Bitkoin narxi $99 ming bilan rekordni yangilagani haqida xabar bergan edi.