Eron afg‘on muhojirlarini deportatsiya qilmoqda

eʼlon qilindi
Huquqiy hujjati bor-yo‘qligidan qat’iy nazar
Foto: Middleeasteye.net

So‘nggi haftalarda Erondagi afg‘on muhojirlari, hatto huquqiy hujjatlari bor bo‘lsa ham, politsiya tomonidan hibsga olinib, deportatsiya qilinmoqda. Bu haqda TOLOnews nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muhojirlar hukumatdan ularning muammolarini jiddiy ko‘rib chiqishni talab etishmoqda.

«Hujjatlarimizni politsiya inobatga olmadi. Kecha zarur narsalarni olish uchun ko‘chaga chiqqanimda, meni hibsga olishdi», – deydi muhojirlardan biri Khalid Sultoni.

Shuningdek, ish o‘rinlaridagi cheklovlar va deportatsiyalar oxirgi kunlarda sezilarli darajada oshgani ta’kidlanmoqda.

Islom Amirligi vakili Zabihulloh Mujohid muhojirlarning muammolarini hal qilish uchun choralar ko‘rilayotganini aytib, noqonuniy yo‘l bilan chiqib ketgan fuqarolarni vataniga qaytishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Xalqaro migratsiya tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan hafta Afg‘onistonga qaytayotganlar soni oldingi haftaga nisbatan uch foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Yevropa davlatlari bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borishi haqida yozgan edik.

Shuningdek