Yangiliklar

Kamala Harris 2028-yilgi prezidentlik saylovida qatnashishni rejalashtirmoqda

Harris o‘z siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida
Foto: Politico nashri

AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris 2028-yilda yana prezidentlik uchun kurashishi mumkin. Bu haqda Politico nashri manbalariga tayanib, xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Harris o‘z siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida va u bu bo‘yicha yaqinlari hamda yordamchilaridan turli variantlarni taklif etishni so‘ragan.

Taklif etilgan variantlar orasida 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish yoki 2026-yilda lavozimini tark etishi kutilayotgan Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning o‘rnini egallash imkoniyatlari mavjud.

Agarda Harris 2028-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lsa, uning qo‘llab-quvvatlash darajasi 41 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich Demokratik partiyadagi boshqa potensial nomzodlar – Gevin Nyusom, Pit Buttijich va boshqalarning reytingiga nisbatan yuqoridir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh prezidentlik saylovlari vaqtida Tramp Harris bilan bahslarda qatnashmaslikka qaror qilgani haqida xabar bergan edi.