O‘zbekistonda hech qanday xavfli virus aniqlangani yo‘q – SSV
Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kuz-qish mavsumida respirator kasalliklarning ko‘payishi tabiiy hol. Havo harorati pasayishi va yopiq joylarda havo almashinuvi kamayishi viruslarning tarqalishini kuchaytirishi mumkin. Ammo bular mavsumiy kasalliklar bo‘lib, ulardan vahima qilishga asos yo‘q.
O‘zbekiston hududida viruslar monitoringi tizimi ishlamoqda va hozirgacha noma’lum xavfli virus aniqlanmagan. Aholiga gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallik belgilari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maymunchechak virusi qanchalik xavfli va undan qanday himoyalanish mumkinligi haqida batafsil yozgan edik.