Joriy yilning 26-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalarining narxi deyarli 5,6 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kun avval 25-noyabr kuni 5 grammlik oltin quymasining narxi 5,7 mln so‘mni tashkil qilgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar solishtirilganda narx bir kun ichida 133 ming so‘mga yoki 2,3 foizga pasaydi.
Jahon bozorida ham shu kabi holat, LBMA ma’lumotlariga ko‘ra, 25-noyabr kunduzgi narxlar $2670,4 ni, kechki vaqtga kelib esa $2635,4 ni tashkil qilib, $35 ga pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning 4-oktabr holatida oltin quymalarining narxi pasayishni boshlagani haqida xabar bergan edi.