Oʻzbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi yangi doimiy vakili tayinlandi
Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turgʻunov Islom hamkorlik tashkilotidagi (IHT) doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar, ayniqsa, ta’lim, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va innovatsiyalar sohalarida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Shuningdek, bosh kotib Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasi, ilm-fan va madaniyatiga qoʻshgan hissasini yuqori baholadi va mamlakatning tarixan islom olamida ilmiy kashfiyotlar va ma’naviy meros markazi boʻlganini ta’kidladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston IHT maqsadlarini amalga oshirishda muhim hamkorlardan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, Nodirjon Turgʻunov 2016-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda. U 2019 – 2021-yillarda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi konsuli, 2021 – 2024 yillarda esa Saudiya Arabistonidagi bosh konsul sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.