Qodirov o‘qituvchilar o‘rtasida raqobat tizimini yaratishni taklif qildi
eʼlon qilindi
Uning fikricha, bu yuqori maosh va o'qitish sifatini saqlab qolishga yordam beradi.
«Milliy Tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘qituvchilar o‘rtasida raqobat tizimini yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Uning fikricha, bu maktablarda yuqori maoshlar va ta’lim sifatini ta’minlashga yordam beradi.
Siyosatchi, shuningdek, pedagoglarning oylik maoshlarini oshirish uchun davlat byudjetidan 50 trillion so‘m ajratish samaradorligiga shubha bildirdi.
«Rejalashtirilgan 50 trln so‘m o‘qituvchilarning maoshlariga ajratilishi kutilgan natijalarga olib keladimi?» — dedi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘qituvchilar aslida qancha maosh olishi haqida yozgan edik.