Qozogʻiston Rossiya donlarini Xitoy va Oʻzbekistonga reeksport qilishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Bu haqda qo‘shni davlat bosh vaziri ma’lum qildi
Foto: Farina6000 / depositphotos.com

Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenovning maʼlum qilishicha, mamlakat ichki bozorni himoya qilish maqsadida Rossiya donlarini Xitoy va Oʻzbekistonga reeksport qilishga taqiq qoʻyilgan. Bu haqda Knews nashri xabar berdi.

Bosh vazir aytishicha, ushbu qaror uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlaridan bugʻdoy import qilishga qoʻyilgan cheklovlar bilan bogʻliq. Bu cheklovlar ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan.

Hozirgi kunda Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari temir yoʻl orqali quyidagi yoʻnalishlarda tashilmoqda: «Qozogʻiston — Turkmaniston — Eron» (Inche-Burun) va «Qozogʻiston — Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron» (Sheroz). Ushbu yoʻllar orqali mahsulotlar Eronga, keyinchalik Bender-Abbas porti orqali Fors koʻrfazi mamlakatlariga yuboriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston Qozogʻistondan import hajmini oshirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek