Yangiliklar

Qozogʻistonda qancha Oʻzbekiston fuqarosi ishlayotgani ochiqlandi

2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra
Foto: Natalia Gusakova / Unsplash

2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, 1,2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi rasmiy ravishda Qozog‘istonda ishlamoqda. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat vazirligi xabar berdi.

Qozog‘istonda mehnat qilayotgan xorijliklar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qildi. Mamlakatda 4,6 ming nafar xitoylik ishlab kelmoqda. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Turkiya uchlikni yakunlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar – noyabr oylarida Qozog‘istonda 969 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xorijga ishlash uchun ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 10 million so‘m miqdorida mikrokreditlar berilishi haqida yozgan edi.