Milliy olimpiya qoʻmitasining 41-bosh assambleyasida qoʻmita rahbariyati tarkibi qayta shakllantirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdi.
Majlis davomida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. Shuningdek, Otabek Umarov MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, Oybek Kasimov bosh kotib, Sherzod Tashmatov esa rais oʻrinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.
Tadbirda «Los-Anjeles – 2028» Olimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish zaruriyati va sportdagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, MOQning yangilangan ustavi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi almashgani haqida yozgan edik.