«Silk Avia» yangi kechki parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
eʼlon qilindi
29-noyabrdan boshlab

«Silk Avia» aviakompaniyasi yo‘lovchilarning ehtiyojlarini hisobga olib, Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida kechki reyslarni ham amalga oshiradi. Bu haqda Qarshi xalqaro aeroporti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 29-noyabrdan boshlab, seshanba, payshanba va juma kunlari Toshkentdan soat 18:40 da uchgan samolyot 20:00 da Qarshiga yetib keladi. Qarshidan esa 20:40 da parvoz qilib, 22:00 da Toshkentga qaytadi.
Aviakompaniya ushbu yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi parvozlarni avvalgidek davom ettiradi. Bu o‘zgarish yo‘lovchilarga qulaylik yaratishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zarafshondagi aeroport faoliyati qayta tiklangani haqida yozgan edik.