Yandex Go xizmati joriy yilda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi

eʼlon qilindi
Yil boshida soliq tushumlari 100 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi kutilgan edi
Foto: Yandex Go

Yandex Go xizmati joriy yilning o‘n oyi davomida 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va Yandex global bosh direktori Daniil Shuleyko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Yil boshida soliq tushumlari 100 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi kutilgan edi. Uchrashuvda taksi agregatorlari orqali yo‘lovchi tashish sohasida shaffof soliqqa tortishning ahamiyati va fiskalizatsiya natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida shaffoflikni ta’minlash va faoliyat turlarini legallashtirish yo‘lida hamkorlik davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Yandex Maps ilovasiga Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylarining 3D modeli qoʻshilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Toshkentda Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek