Oʻzbekistonga chet eldan 2025–2027-yillarda pul oʻtkazmalarining fundamental trend doirasida yillik 10-15 foizga oshib borishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda 26-noyabr kuni media-muloqot chogʻida Pul-kredit siyosati departamenti rahbari Eldor Zokirov maʼlum qildi.
Rossiyada ishchi kuchi taqchilligi hisobiga ish haqida kuzatiladigan yuqori oʻsish surʼatlari pul oʻtkazmalariga oshiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, boshqa davlatlarga migratsiya oqimining oshib borishi hisobiga ushbu davlatlardan pul oʻtkazmalarining sezilarli oʻsishi kutilmoqda.
Regulyator 2025-yilda pul oʻtkazmalari $16,1 milliardga, $2026-yilda 17,6 milliardga, 2027-yilda esa 19,9 milliardga oʻsishi prognoz qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 9 oyi ichida Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari 11,3 milliardni tashkil qilib, Britaniya, Koreya va Polshadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari jadal oʻsmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning birinchi choragida Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi $2,5 milliardni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.