Bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi veb-saytlar bloklandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        30 ga yaqin sayt
                    
                            
Raqobat qoʻmitasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qiluvchi veb-saytlarni oʻrganib, ularning faoliyatiga cheklov kiritmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda reklama qonunbuzarliklariga qarshi choralar koʻrilmoqda. Natijada 42 ta shubhali sayt boʻyicha takliflar kiritilib, shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklandi.
Qoʻmita tomonidan bu sohadagi monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi klaster korxonasining birja savdolarida qonun buzilishini aniqlagan edi.