Prezidentning «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturiga doir qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga koʻra, mahallalarda uch nafar tajribali nuroniy beshta kambagʻal oilaga yordam koʻrsatish uchun biriktiriladi.
Nuroniylar oilalarga tomorqadan foydalanish, hunarmandchilikka jalb etish, o‘quv jihozlari bilan ta’minlash va sport tadbirlari tashkil qilishda ko‘maklashadi.
Faol nuroniylar har oyda ragʻbatlantirilib, sportni rivojlantirish uchun har bir mahallaga yiliga 10 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln soʻmdan mukofot puli berilishi haqida yozgan edik.