Isroil hukumati va Livanning «Hizbulloh» harbiy guruhi rahbariyati AQSH va Fransiya tomonidan taklif etilgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni qabul qildi, deb maʼlum qildi AQSH prezidenti Jo Bayden.
Baydenning aytishicha, tinchlik kelishuvi chorshanba kunidan boshlab kuchga kiradi.
Livan harbiy kuchlari chegara hududlariga qaytib, «Hizbulloh» vakillarining u yerga kirishini to‘sib qo‘yishi kutilmoqda. Isroil Livandan o‘z qo‘shinini 60 kun ichida olib chiqadi. Sulh bitimi muddatsiz boʻladi.
Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, mazkur kelishuv Isroil va Livan chegarasida minglab insonlarning hayotiga zomin boʻlgan toʻqnashuvga barham berish yoʻlini ochib beradi.
Kursiv Uzbekistan bir kun avval sulh bitimi bo‘yicha muzokaralar haqida yozgan edi.