Yangiliklar

Nvidia kompaniyasi musiqa va tovushlar yaratish uchun sun’iy intellekt modelini taqdim etdi

Xizmatdan foydalanish hozircha cheklangan
Foto: MichaelVi/Depositphotos.com

Amerikaning texnologik giganti Nvidia sun’iy intellekt (SI) yordamida musiqa va tovushlarni yaratish bo‘yicha Fugatto modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.

Model tovushlar, ovozlar va musiqani so‘rovlar yordamida ham matn, ham audio formatda yaratish yoki o‘zgartirish imkonini beradi.

Aytilishicha, bu dastur har qanday his-tuygʻuni ifoda etadigan ovozlarni yaratish, cholgʻular tovushini oʻzgartirish va qisqacha qoʻshiqlarni tezda yozish uchun qulay.

Kompaniya dasturning qachon ochiq foydalanishga chiqarilishini ma’lum qilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SI-chiplarga bo‘lgan talab tufayli Nvidia daromadi 94 foizga oshgani haqida yozgan edi.