Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti yangi ta’lim platformasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etildi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Roman Fedotov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yilda qabul qilingan farmoni asosida mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil qilingan malaka oshirish kurslarining yakunlari bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, mahalla xotin-qizlar faollarini alohida dastur orqali malakasini oshirish Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun uzluksiz va kasbiy rivojlanish tizimini tashkil qilish, qayta tayyorlash, monitoring qiluvchi raqamli ta’lim platformasi oilamalaka.uz ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan.  

«Malaka oshirish dasturiga asosan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavzularda 20 ga yaqin ma’ruza matni, prezentatsiya, tarqatma material, va 10 dan ortiq video darslar tayyorlandi va platformaga joylashtirildi», – dedi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.  

Malaka oshirish kurslari davomida umumiy darslar 36 soatni tashkil qilib, bundan 18 soati online (masofadan) va 18 soati oflayn tarzda tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, mavzular asosan oilalarni saqlab qolish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan.

Joriy yilning may – noyabr oylarida respublikaning 12 ta viloyatida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida jami 55 tuman va shahardagi deyarli 2,7 ming mahalladan 2,3 ming nafardan ziyod xotin-qizlari faollari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashrida xotin qizlar yetakchiligi bo‘yicha «Tenglar orasida birinchi» mukofoti bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2024-yil 10-dekabrda Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida, Ballroom zalida o‘tkaziladi.

Shuningdek