2024-yilning yanvar – oktabr oylarida Uzbekistan Airports havo bandargohlaridan 84 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlar amalga oshirildi, bu esa oʻtgan yildagiga nisbatan 15 foizga koʻp. Bu haqda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Central Asia Air Cargo Summit forumida ma’lum qilindi.
Joriy yilning oʻn oyi yakunlariga koʻra, kompaniya aeroportlari 11,1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 32 foizga koʻp. Shuningdek, shu vaqt ichida yuk va pochta tashish hajmi 70 ming tonnaga yetdi va yillik oʻsish 21 foizni tashkil etdi. Yuk aylanmasining 86 foizi importga toʻgʻri kelsa, qolgan 14 foizi eksport joʻnatmalarini tashkil qiladi.
Import va eksport aviaqatnovlari oʻrtasidagi sezilarli nomutanosiblik Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun ham xosdir. Qozogʻistonda yuk aylanmasining 92 foizi, Qirgʻizistonda 94 foizi, Turkmanistonda 99 foizi import hissasiga toʻgʻri keladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida yozgan edi.