Volkswagen inson huquqlari faollarining bosimi tufayli Xitoydagi zavodini sotdi

eʼlon qilindi
Zavod SMVIC kompaniyasiga topshirilgan
Foto: Rg.ru

Volkswagen kompaniyasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi aktivlarini inson huquqlari himoyachilarining uzoq muddatli bosimi tufayli sotdi. Bu haqda Deutsche Welle axborot nashri ma’lum qildi.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, aktivlarni sotishning rasmiy sababi korxonalarning yuqori darajadagi karbonat izlari bo‘lgan. Biroq Shinjon hududi bir necha bor inson huquqlari buzilishiga oid xabarlar tufayli tanqid ostida qolgan.

Volkswagen zavodi Shanghai Motor Vehicle Inspection Certification (SMVIC) kompaniyasiga topshirilgan. Ushbu kompaniya obyektlarni boshqaradi va ish o‘rinlarini saqlab qoladi.

Bu kelishuv Volkswagen kompaniyasiga Shinjondan chiqib, ushbu hududda faoliyat yuritish bilan bog‘liq tanqidlardan qochishga imkon beradi. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi avlod Volkswagen Tiguan avtomobili taqdim etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek