Yangiliklar

2024-yil boshidan gaz bilan bog‘liq holatlar sabab 82 kishi vafot etgan

2023-yilning mos davrida 88 kishi vafot etgan
Foto: Ioann-Mark Kuznietsov / Unsplash

Joriy yilning boshidan buyon gaz bilan bog‘liq yuzaga kelgan holatlar sabab 82 kishi vafot etdi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Ushbu brifingda ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq umumiy 74 ta holat sodir bo‘lgan. Buning natijasida 80 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Gaz bilan bog‘liq yuzaga kelgan baxtsiz holatlar soni o‘tgan yilning mos davrida 86 tani tashkil etib, bunda 88 kishi vafot etgan va 119 nafari turli darajadagi tan jarohatlar olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan bu qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.