2024-yilda eksport korxonalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish hajmi 23,9 foizga pasaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
311,4 milliard so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatilgan
Foto: Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati

Joriy yil davomida «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ 798 ta eksport qiluvchi korxonalarga jami 311,4 milliard so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yilning mos davrida 1,3 mingta eksport qiluvchi korxonalarga jami 409,5 milliard so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatdi. 2024-yilga kelib ushbu turdagi korxonalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hajmi 98,1 mlrd so‘mga yoki 23,9 foizga pasaygan.

Shuningdek, 248 ta korxona uchun eksportoldi moliyalashtirish kreditlari bo‘yicha tijorat banklariga $241,2 mln miqdorida moliyaviy resurslar ajratildi. Natijada ushbu korxonalar tomonidan jami $1,95 mlrd miqdorida eksport amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston oltin eksportini 3,5 foizga qisqartirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek