30 ming fuqaro Qur’oni karim va tajvid kurslarini tamomladi
Davlat rahbari ijtimoiy muhitni mustahkamlash va diniy ma’rifatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti hukm surmoqda, barcha din vakillari emin-erkin ibodat qilish imkoniyatiga ega.
So‘nggi besh yilda diniy-ma’rifiy sohada qator qonun va qarorlar qabul qilindi. 100 dan ortiq yangi masjid qurilib, 555 tasi ta’mirlandi, haj va umra tartiblari yengillashtirildi.
Shuningdek, diniy ta’limni rivojlantirish maqsadida xalqaro markazlar va oliy madrasalar tashkil etildi, minglab yoshlar Qur’on va tajvid kurslarini tamomladi.
Diniy meros va ziyoratgohlarni obod qilish ishlari ham izchil davom etmoqda. Xalqaro aloqalar kengaytirilmoqda, xalqaro ilmiy anjumanlar va tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash va ma’naviy tarbiyani kuchaytirish maqsadida mahallalarda «Oqsoqollar va ota-onalar kengashlari» tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti yangi ta’lim platformasini ishga tushirilgan edi.