Gadjetlar

Apple juda ingichka iPhone 17 Slim tayyorlamoqda

Foto: BlogNT/X

Apple’ning bo‘lajak iPhone 17 Slim (Air) smartfoni qalinligi 5-6 mm bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Information portali xabar berdi.

Hozircha qurilma prototip bosqichida. Smartfonning juda ingichka boʻlishi tufayli unda ikkita emas, bir dona dinamik oʻrnatiladi.

Phone Arena portali ma’lumotlariga ko‘ra, Slim-versiyada sim-kartani o‘rnatish uchun slot bo‘lmaydi, uning o‘rniga foydalanuvchi e-sim oladi. Shuningdek, bir nechta orqa kamera oʻrniga bitta kamera oʻrnatilishi kutilmoqda.

Batareya sigʻimi 3000 mA/soatni tashkil etadi. Smartfonda o‘rnatilgan xotira hajmi – 128 Gb dan 1 Tb gacha bo‘ladi.

Telefonning taxminiy narxi $1299 tashkil etadi. Taqqoslash uchun: oktabr oyi o‘rtalarida iPhone 16 Plus’ning o‘rtacha narxi $899 dan boshlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung smartfonlarida periskop kamera yaxshilangani haqida yozgan edi.