Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Venesuela prezidenti saylovidan soʻng mamlakatning 21 nafar rasmiy shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Vedomosti nashri xabar berdi.
» AQSH Moliya vazirligi Venesuelaning saylangan prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlovchi 21 nafar xavfsizlik xizmati va vazirlar mahkamasi darajasidagi amaldorlarga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi,» – deb xabar bermoqda AQSH prezidenti ma’muriyati.
«Xususan, ushbu shaxslarga viza olish boʻyicha cheklovlar joriy etildi. Sanksiyalar »tinch namoyishchilarni zoʻravonlik bilan bostirish“ bilan bogʻliq holatlar tufayli kiritildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyul oyi oxirida Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi. Maduroning g‘alabasi e’lon qilingandan so‘ng mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.