Falastin prezidenti Mahmud Abbos o‘zining lavozimi bo‘shab qolgan taqdirda kim vaqtincha uning o‘rnini egallashini e’lon qildi. Bu haqda Arabiya news axborot nashri ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, prezidentlik lavozimi bo‘shashidan keyin Falastin Milliy kengashi raisi Ravhi Fattuh vaqtincha uning o‘rnini egallaydi. Abbosning muddati 2009-yilda tugashiga qaramay, hozirga qadar o‘zining merosxo‘rini tayinlashdan bosh tortganini hisobga olganda, bu qaror mamlakat siyosatida muhim burilish bo‘ldi.
Hozirgi Falastin qonunlariga ko‘ra, agar hokimiyat bo‘shab qolsa, Qonun chiqaruvchi kengashining spikeri vaqtincha rahbar bo‘lishi kerak edi. Ammo Hamas 2007-yilda G‘azoda hokimiyatni qo‘lga kiritgani sababli 2018-yilda Abbos bu kengashni tugatdi.
Farmon, shuningdek, saylovlar o‘tkazilishi vaqti bilan bog‘liq muddatlarni belgilab berdi. Biroq «kuchma-kuch» holatlari bo‘lsa, bu muddat uzaytirilishi mumkin. Bunda Hamasning PLOga a‘zo emasligi va PNCda vakillik qilmasligi ham muhim o‘rin tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni qayta koʻrib chiqishi haqida yozgan edik.