Yangiliklar

Iqlim xavfi bo‘yicha global xarita yaratildi

Yer yuzidagi eng noqulay iqlimga ega hududlar aniqlandi
Foto: Scitechdaily.com

Olimlar birinchi marta iqlim xavfi zonalarining global xaritasini tuzishdi. Tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) ilmiy jurnalida chop etildi.

Unga ko‘ra, ushbu ishni Xalqaro Tizimli Tahlil Instituti (IIASA) va Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari amalga oshirdi. Tadqiqot davomida so‘nggi 65 yil ichida kuzatilgan issiqlik to‘lqinlari tahlil qilinib, ekstremal harorat o‘rtacha mavsumiy haroratdan sezilarli yuqori bo‘lgan hududlar aniqlangan.

Foto: Kornhuber

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar Shimoli-g‘arbiy Yevropa, Markaziy Xitoy, Yaponiya, Koreya, Arabiston yarim oroli va sharqiy Avstraliyani o‘z ichiga oladi. Masalan, Yevropada issiqlik to‘lqinlari natijasida 2022-yilda 60 ming, 2023-yilda esa 47 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. AQSh va Kaliforniyada esa oktabr oyigacha rekord harorat kuzatilgan.

Tadqiqot iqlim xavflarini aniqlash va ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, insoniyatga kelajakdagi iqlim xavflariga tayyorlanish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, xarita orqali O‘zbekiston hududidagi iqlim xavfi o‘rtachadan siljiganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Germaniya iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi birgalikda kurashishi haqida yozgan edik.