Janubiy Koreyaning ikkita aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
2025-yildan boshlab
2025-yildan boshlab «Jeju Air» va «T’way Air» aviakompaniyalari Inchxon – Toshkent yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaga tegishli manba ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hozirgi kunda Janubiy Koreyadan faqat Asiana Airlines O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda. Korean Air esa 2024-yil mart oyida Toshkentga parvozlarini to‘xtatgan edi.
Yangi parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Silk Avia» yangi kechki parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edik.