Yangiliklar

Oq uy Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni qayta koʻrib chiqmoqda

Jo Bayden bu maqsadda Turkiya, Qatar, Misr va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Foto: Vacclav / depositphotos.com

AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Isroil va Falastinning hamas harakati oʻrtasida Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish uchun ishlarning yangi bosqichini boshlamoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

AQSh rahbarining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning maʼlum qilishicha, Bayden bu ishni hozirdan boshlashga qaror qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Jo Bayden bu maqsadda Turkiya, Qatar, Misr va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

27-noyabr, chorshanba kuni xorijiy ommaviy axborot vositalari Hamas harakati Isroil va Livanning «Hizbulloh» tashkiloti oʻrtasida sulh eʼlon qilinganidan soʻng Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv tuzishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Jo Baydenning taʼkidlashicha, Isroil va «Hizbulloh» oʻrtasidagi kelishuvlar Livan kuchlari 60 kun ichida oʻz hududi ustidan nazoratni tiklashini nazarda tutadi. Isroil armiyasi asta-sekinlik bilan Livan hududidan olib chiqiladi va har ikki tomondan tinch aholi yaqin kelajakda oʻz yashash joylariga qaytishi hamda uylarini qayta tiklashni boshlashi mumkin boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Haled Mashal vaqtinchalik Hamasga rahbarlik qilishi haqida xabar bergan edi.