Oʻzbekiston, Islandiya va Qirgʻiziston Xalqaro professional futbolchilar uyushmalari federatsiyasining (FIFPRO) toʻlaqonli a’zosiga aylandi. Litva va Shimoliy Irlandiya esa kuzatuvchi maqomini a’zolikka nomzod darajasiga koʻtardi.
Bu haqda tashkilotning Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Bosh Assambleyasida ma’lum qilindi.
Assambleya a’zolari FIFPRO’ning yangi raisini sayladi. Birinchi marta u Yevropa vakili emas, argentinalik Serxio Marchi boʻldi.
FIFPRO 60 mingdan ortiq futbolchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun mas’ul va 70 dan ortiq milliy futbolchilar assotsiatsiyalarining ovozlarini birlashtiradi, deyiladi tashkilot saytida.