8 – 28-noyabr kunlari «Yashil makon» dasturi doirasida Oʻzbekistonda 49,3 million dona koʻchat ekildi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi.
Ta’kidlanishicha, shundan 14 millionga yaqin ko‘chat qishloqlar, mahallalar va aholi punktlari atrofiga ekildi. Eng koʻp koʻchatlar Andijon (6,2 million), Xorazm (5,7 million) va Buxoro (4,8 million) viloyatlarida ekilgan.
Ko‘chatlar haqidagi ma’lumotlar «Yashil makon» elektron platformasiga kiritildi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi ekologik vaziyat koinotdan kuzatilishi haqida yozgan edi.