«Saidaziz Medgorodok» hukumi o‘zgarishsiz qoldi
2024-yil 27-noyabr kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati Saidaziz Saidaliyevning («Saidaziz Medgorodok») hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Saidaliyev o‘tgan yil dekabr oyi boshida Toshkentda qo‘lga olingan edi. U odam o‘ldirish bilan tahdid qilish va tovlamachilikda ayblangan edi.
Shuningdek, yana bir qancha shaxslarga nisbatan hukm oʻzgarishsiz qoldirildi. Apellyatsiya protest va shikoyatlari qanoatlantirilmadi.
Norozi taraflar belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat berish yoki protest keltirish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Baxti Tashkentskiy» 20 yilga qamalgani haqida yozgan edi.