Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi prezident administratsiyasiga o‘tishi sababli hokimlikdan ketdi

Adiz Boboyev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Foto: YouTube kanal Uzbek TV

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov prezident administratsiyasiga ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning o‘rniga Hisob palatasi raisi bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi boshida Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashi Erkinjon Turdimovning viloyat hokimi lavozimiga qayta tayinlanishini ma’qullagan edi.

Erkinjon Turdimov rahbarlik lavozimida 2018-yildan 2024-yil noyabrigacha Samarqand viloyatini boshqargan. Shuningdek, u avval Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham hokim bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi etib qayta tasdiqlangani haqida yozgan edi.