Yangiliklar

Toshkentgi savdo markazlarida 5G qamrovi ishga tushiriladi

Ucell ushbu loyihani Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi
Foto: Ucell

Ucell kompaniyasi Toshkent shahridagi mashhur savdo markazlarida 5G texnologiyasini joriy etishni boshlaydi. Bu haqda uyali aloqa kompaniyasi Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.

Speedtest Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Ucell 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondagi eng tezkor mobil operator deb topilgan.

Ucell ushbu loyihani Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5G texnologiyasini joriy etishda Huawei’ning zamonaviy LampSite X tizimidan foydalaniladi. Ushbu texnologiya ma’lumotlar uzatish hajmini oshirishi va qamrovni yaxshilaydi.

2029-yilgacha bu texnologiya yirik mehmonxonalar, aeroportlar va odamlar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Bu yechim Distributed Massive MIMO degan eng yangi texnologiyadan foydalanadi va tarmoqning uzatish tezligini toʻrt baravar oshirish imkonini beradi.

«Huawei kompaniyasining LampSite yechimi katta mehmonxonalar, savdo markazlari, dam olish va biznes tadbirlari o‘tkaziladigan mashhur joylarda yuqori tezlikda, yuqori sifatli ma’lumotlarni uzatish xizmatlari va ovozli xizmatlarni taqdim etib, Ucell imijini yaxshilashga yordam beradi», – dedi Ucell tarmog‘ini rivojlantirish xizmati rahbari Viktor Kim.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan USM Telecom «Megafon»ning Ucell’dagi ulushini sotib olgani haqida yozgan edi.