Yangiliklar

Toshkent viloyatida sakkiz mlrd so‘mlik ipakchilik majmuasi barpo etilmoqda

Majmua 9,7 gektar maydonni o‘z ichiga oladi
Foto: elenaru1.windowslive.com / Depositphotos.com

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ipakchilik majmuasi va tut plantatsiyasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyihaga sakkiz milliard so‘m sarmoya kiritildi. Majmua 9,7 gektar maydonni o‘z ichiga oladi. Korxonada yiliga 350 quti ipak qurti, 25 tonna turli turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ipak qurti yetishtirish bo‘yicha Xitoy tajribasi joriy etilishi haqida yozgan edi.